Piter Xyuistra "Paxtakor"ning qo‘lga kiritgan qiyin g‘alabasi haqida qanday fikrda?

  • 19 avgust, 2021, 23:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”ning O‘zbekiston Kubogi 1/8 final doirasida “Turon”ga qarshi (1:0) uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Birinchi bo‘limda o‘yinni yaxshi boshladik, ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik, deb ayta olaman.

Ikkinchi bo‘limda xatolar soni biroz ko‘paydi. Shunga qaramasdan g‘alaba golini zarur paytda ura oldik. Navbatdagi bosqichga o‘tishimizda shu gol etarli bo‘ldi, bundan xursandmiz.

piter2

Mavsum haqida aytadigan bo‘lsam, albatta bizda qiyin o‘yinlar bo‘lyapti. Mavsumni 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagandik, keyinchalik 2:1 hisobida g‘alaba qozonganmiz. "So‘g‘diyona" va "Turon" bilan durang o‘ynadik. Umuman, har bir o‘yin biz uchun oson o‘tayotgani yo‘q. Raqiblar imkon qadar chuqur himoyalanishmoqda. Yigitlar g‘alabani uddalashyapti, bu juda yaxshi holat. Bugun Erkinov jarohatdan qaytib, gol urgani juda ham yaxshi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!