
Piter Xyuistra "Paxtakor" mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan kamerunlik futbolchi haqidagi savolga javob berdi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval O‘zbekiston Superligasining 2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistradan jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan kamerunlik futbolchi haqida so‘raldi:
"Men u haqida hozircha ko‘p narsa ayta olmayman. Futbolchi biz bilan mashg‘ulotlarni o‘tamoqda. Biz oldindagi kunlar mobaynida nimalar bo‘lishini kuzatamiz. U hali "Paxtakor" futbolchisi emas, shuning uchun ham boshqa ma’lumot bera olmayman", - dedi "sherlar" bosh murabbiyi.
Fikrlar