Piter Xyuistra: "Hamrobekov tez orada jamoamizga qaytadi"

  • 5 iyul, 2021, 00:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) bellashuvidan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida bahs haqida fikrlarini aytib o‘tdi.

Tecno

- "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari ishtirokidagi o‘yin o‘z nomi bilan derbi. Qiziqish katta bo‘ladi. Bugun o‘yinni juda yaxshi boshlay olmadik. Raqib yuqori hududda bizni pressing bilan qarshi oldi. Ayrim urinishlarimiz o‘xshamadi. Birinchi gol muhim pallada urildi deb o‘ylayman. Tanaffusda ba’zi bir narsalarni o‘zgartirdik. Abror Ismoilov maydonga tushgach, o‘yinimizda me’yor yuzaga keldi va bellashuvni nazorat qildik, ikkinchi golni urdik. Oldinda bizni tanaffus kutyapti.

Yo‘ldoshev juda yaxshi o‘yinchi. Mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Uning asosiy tarkibda tushmagani ko‘proq tanlovga bog‘liq. Hozir Hojiakbar Alijonov maydonga tushmoqda. Ibrohimxalilga ishonganimiz uchun Akrom Komilov va Vladimir Kozakni boshqa jamoaga berishga qaror qildik.

Har bir murabbiy o‘z mamlakatidan nimadir yangilik olib kirishga intiladi. Masalan, men Yoxan Kroyf uslubini yoqtiraman. Sekeyra ham Joze Mourinodan nimanidir olishga harakat qilgan, deb o‘ylayman. Har bir murabbiy ishlayotgan jamoasida o‘z imzosini ko‘rsatishga urinadi.

Yoshlar raqobatga tayyor turishi kerak. Bugungi o‘yinda to‘p tepgan Humoyunmirzo Iminov o‘tgan uchrashuvda juda yaxshi harakat qilgandi. Uni bugun raqib futbolchilar ko‘p ta’qib qildi. Abror Ismoilov bahsga qo‘shilib, o‘yinni o‘zgartirdi. Yoshlar shu jarayonda o‘sib  borishi kerak. Iminov aqlliroq va tajribali futbolchilarga qanday o‘ynash lozimligini bugun ko‘rdi. Odil Hamrobekov jamoamizga tez orada qaytadi. Doston Hamdamov borasida aniq gap ayta olmayman.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/07/2021 00:41
Tayanch zonaga Hamrabekovdan zuri yuq. Pahtakor 1 davraga ayrim uyinchilarni tajribasi evaziga galaba qozonib yotuvdi. 2 davraga aniq uyin taraflama ham kuchadi Hamrabekov uynagan uyinlarga urtani zur legiropka qiladi. hozir Hamrabekov maydonga har bitta dedaligacha tuhtalaman desam. kup yozish kerak buladi. qisqasi Hamrabekov. Pahtakorni. 30 foiz kuchayteradi aniq.