Pioli "Milan"ning kubok bahsidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

  • 12 yanvar, 2023, 10:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya kubogi 1/8 finali doirasida "Torino"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz kuchli jamoaga qarshi tajovuzkor o‘ynadik, ammo yaqqol ustunlikdan unumli foydalanish uchun zarur bo‘lgan saviya va tezlikka ega bo‘lmadik. Ancha shoshib qoldik. Bu katta umidsizlik, buni inkor etib bo‘lmaydi, chunki biz oldinga borishni xohladik, biroq foydasi bo‘lmadi.

"Torino"ga 90 daqiqa ichida faqat birgina imkoniyat berdik va bu qimmatga tushdi. Hujumga rang-baranglik qo‘shish uchun o‘zgarishlar qildim, lekin aytganimdek, bizga keskinlik va xotirjamlik etishmadi. Vaziyatdan unumli foydalanishimiz kerak edi, aksincha, qarshi hujumda mag‘lub bo‘ldik, — dedi Pioli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!