
Pike Shakirasiz qiynalyapti
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa etakchilaridan biri Jerar Pike sevgilisi Shakira tashlab ketganidan keyin qiynalayotganini bildirdi.
- Pike ham odam, u Shakira ketganidan keyin ko‘p aziyat chekmoqda. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Uni hissiyotsiz odam sifatida taqdim etayotgan turli xabar va yangiliklarga ishonmang.
Jerar zo‘r yigit. Uning “Barselona” o‘yinchisi ekani bizning omadimiz. Pike jamoaga ko‘p narsa bera olgan, - dedi Joan Laporta.
Pike bilan 12 yil birga yashagan mashhur xonanda Shakira futbolchining xiyonatidan xabar topganidan keyin uni tashlab ketdi.
Fikrlar