Pike Parij klubini sotib olishi mumkin edi

CHERY AUTO

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike Parijning "Red Star" jamoasini xarid qilishga harakat qilgan. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi. 

Tecno

Futbolchi bu haqda "L'Equipe" saytiga shunday deydi: "Biz "Red Star"ni sotib olishga urinib ko‘rdik. Afsuski, muzokaralarda biroz kechikdik. 

Men Parijga bordim, klub stadionini ko‘rdim. Amaldagi rahbar Patris Xaddad bilan gaplashdim. 

Jamoaning kelajak uchun loyihasi menga ma’qul keldi. Biz so‘nggi daqiqada taklif bilan chiqdik. Ammo bu amalga oshmadi", - dedi ispaniyalik himoyachi. 

Eslatib o‘tamiz, Jerar Frantsiya quyi divizionida harakat qiladigan "Andorra" klubini sotib olgan. Uning jamoasi ayni payt 3-divizionda etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!