
Petrov kubogi. "Humo" "Toros"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Toshkentning "Humo" jamoasi 1/8 final bosqichi doirasida o‘z maydonida Neftekamskning "Toros" klubini qabul qildi va 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida shaybalarni raqib darvozasiga Artyom Voronin, Denis Erkin, Pavel Zdunov va Evgeniy Grigorenkolar kiritishdi. Bunga esa "Toros" safida Rodion Amirov bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, "qanotlilar" seriyadagi farqni qisqartirishga erishdilar - 1:2. Eslatib o‘tamiz ertaga soat 18:30 da mazkur jamoalar o‘rtasidagi to‘rtinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
1:0 — Artem Voronin, 20.20
2:0 — Denis Erkin (Arseniy Eroxin, Mixail Anisin), 31.22
3:0 — Pavel Zdunov (Roman Tatalin, Evgeniy Grigorenko), 32.39
4:0 — Evgeniy Grigorenko (Vsevolod Sorokin, Mixail Anisin), 53:42
4:1 — Rodion Amirov (Danil Bashkirov), 56.44
Darvozabonlar: Roman Smiryagin - Vladimir Soxatskiy (Dmitriy Braginskiy)
Zarbalar: 56-55
Aniq zarbalar: 38-34
Fikrlar