
Peres “Real”ga superfutbolchi olib beradigan bo‘ldi
“Real” prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar davrida jamoasi tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish maqsadida katta transferga qo‘l urmoqda.
Klub xo‘jayini yangi bosh murabbiy kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamoaga “Real Sosedad” etakchisi Martin Subimendini olib kelishga qaror qilgan.
26 yoshli futbolchi besh yildan beri “Real Sosedad” asosiy tarkibida barqaror o‘yin namoyish qilib kelmoqda. San-Sebastyan klubi rahbariyati Martindek yuqoi salohiyatli o‘yinchini uzoq ushlab qola olmasligini biladi va bu transferdan mo‘may daromad ishlab olish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.
Florentino Peres Subimendi Evropaning qator grand klublari nishonida turganini inobatga olib, uning transferini tezlashtirishga harakat qilyapti.
Transfermarkt portalida bu futbolchi 60 million evroga baholanmoqda. “Real Sosedad” bilan yana ikki yillik kelishuvi qolgan Martin yuqori maqsadlar uchun kurashadigan qudratli klublarga o‘tishga moyillik bildirmoqda. Bu borada “Real” Subimendi uchun ideal variant hisoblanadi.
Fikrlar