
Peres “Real”dan ketadigan to‘rt futbolchi nomini aytdi
“Real Madrid” kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirishda transfer bozoridagi o‘zgarishlarni ham inobatga olishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu jarayonda murabbiylar shtabi ishonchini oqlay olmagan o‘yinchilarni sotib yuborish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ispaniya matbuotining yozishicha, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yozda jamoaning to‘rt futbolchisini sotib yubormoqchi. Manbaga ko‘ra, “Real” yozda darvozabon Andrey Lunin, yarim himoyachi Dani Sebalos, himoyachilar Fran Garsiya hamda Ferlan Mendi bilan xayrlashishga tayyor.
Klub mutasaddilari sotib yuboriladigan futbolchilar o‘rnini yangi ijrochilar bilan to‘ldirish borasida ish boshlagan va ular olib kelinadigan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.
Fikrlar