Penaltidan gol urolmagan Muhammad Saloh nega butsasini almashtirganini aytdi

  • 2 yanvar, 2024, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yangi yildagi ilk uchrashuvida “Liverpul” o‘z maydonida “Nyukasl”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

O‘yinning kulminatsion nuqtasi 22-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Mezbonlar to‘purari Muhammad Saloh 11 metrlik belgidan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Keyinchalik butsasini alishtirgan misrlik forvard dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

O‘yindan keyin Muhammad Saloh nega butsasini almashtirganini aytib berdi.

- Penalti tepish chog‘ida chalg‘ib qoldim, chunki darvozabon chalg‘ituvchi harakat qildi. Ikkinchi penalltini esa, mashg‘ulotda bo‘lgani kabi xotirjam tepdim.

Gol urolmagan vaziyatda oyog‘imdagi butsadan bir avval foydalana boshlagandim. Bu irim emas, lekin qulayroq bo‘lishi uchun boshqa butsaga almashtirdim. Keyin xotirjam o‘ynadim, - dedi Muhammad Saloh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!