
Pedri yangi mavsum “Barselona” afsonasi raqami ostida o‘ynaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri yangi mavsum 8-raqamli libos ostida o‘ynaydi. Oldin bu raqamda Kataloniya klubi sobiq sardori Andres Inesta to‘p tepgan.
O‘tgan mavsum o‘rtalarida Pedri "ko‘k-anorranglilar"ning afsonaviy yarim himoyachisi o‘ynagan libosda o‘ynashni istayotganini bir necha bor ta’kidlagandi, ammo keyin bu raqamni Dani Alvesh oldi.
"Bu formani buyuk insonlar kiyishgan, ayniqsa Inesta va Xristo Stoichkov... Bu futbolchilar klub uchun juda ko‘p narsalarni amalga oshirgan", - deydi Alvesh o‘sha vaziyatni eslab.
Endi Pedrida Kataloniya klubi tarixiga o‘z nomini yozish imkoniyati bor.
O‘tgan mavsumda futbolchi La Liga doirasidagi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar