
Pedri Messining "Barsa"dagi natijasini yangiladi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri klub safida o‘zining 200-o‘yinini o‘tkazdi. Futbolchining yubiley uchrashuvi kecha "Espanol"ga qarshi kechdi (2:0) — aynan shu g‘alaba evaziga "ko‘k-anorranglilar" La Liga chempionligini muddatidan avval rasmiylashtirishdi.
Qizig‘i shundaki, Pedri "Barselona" safida 200 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu borada argentinalik hujumchi Lionel Messining rekordini yangiladi.
Yubiley uchrashuvga futbolchining o‘zi ham izoh bildirdi:
"Men "Barsa" uchun 200-o‘yinni o‘tkazdimmi? Men bu klub uchun hech bo‘lmasa bir martta o‘ynashni orzu qilar edim. Ko‘proq va yanada ko‘proq o‘ynashni istayman, chunki "Barselona" mening orzuyimdagi klub" - dedi ispaniyalik yarim himoyachi uchrashuvdan so‘ng.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi 57 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan jamoasiga hissa qo‘shgan. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar