"Paxtakor"ning "Qo‘qon-1912"ga qarshi statistikasi qanday?

  • 17 oktabr, 2022, 06:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 22-turida "Paxtakor" o‘z maydonida  "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi.

Tecno

O‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar jamoalarda mavjud emas.

"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 33 bahsning 19tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta raqib g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 85 marta ishg‘ol qilgan toshkenliklar 46 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 14tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, bittadan to‘qnashuv durang va mehmonlar yutug‘i bilan tugagan. 7 bahsda mezbonlar yirik hisobda zafar quchgan. Uyda 57 to‘p kiritgan "sherlar" o‘z darvozasidan 18 gol olib chiqqan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yil kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" 7:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan yili Toshkentda maydon egalari 3:0 natijasi bilan muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 18 oktyabr, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!