“Paxtakor”ning mag‘lubiyatidan so‘ng “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari oshdimi? - Samvel Babayandan javob

  • 9 oktabr, 2023, 10:30
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Navbahor” (0:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiy Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Assalomu alaykum! Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Ushbu yutuq chempionatda ham dadil odimlashimiz uchun juda muhim edi. Yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular uchrashuvning boshidan so‘nggi daqiqalariga qadar, maydonda haqiqiy jang olib borishdi va haqli tarzda g‘alaba qozondik.

Tarkibimizdan yaxshi ijrochilar hamda standart vaziyatlardan samarali tarzda foydalana oladigan futbolchilar joy olishgan. Shuning uchun biz mazkur bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rish asnosida, standartlardan foydalanish borasida ham ishladik hamda bu ushbu o‘yinda o‘z samarasini berdi.

“Navbahor”ning yangi tarixida sodir bo‘layotgan ushbu zafarlar hurmatli Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqovning xizmatlari, deb hisoblayman. Shavkat Shokirjanovich nafaqat jamoamiz uchun, balki, yoshlarni mahoratli futbolchi bo‘lib etishishlariga ulkan ishlarni amalga oshirmoqda va ular uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Klub rahbariyatining sa’y-harakatlari o‘laroq, ayni paytda “Navbahor” safida o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan futbolchilar to‘p tepishmoqda. Muxlislarga quvonch ulashish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Biz uchun oddiy o‘yinlar yo‘q, har biriga bor kuchimizni sarf qilamiz.

Bugun “Buxoro” darvozasiga shedevr gollar urildi, ammo kimnidir alohida ajratib ko‘rsatmoqchi emasman, chunki butun jamoa mehnat qildi.

- “Navbahor” ayni damda uchta frontda harakat qilyapti...

- Qaytaraman, biz uchun oddiy bellashuvlar yo‘q, har birida bor kuchimizni ishga solamiz. Barcha uchrashuvlarga bir xil tarzda tayyorlanib, raqibni o‘rganamiz.

- “Paxtakor”ning bugungi mag‘lubiyatidan so‘ng, “Navbahor”ning chempionlik uchun imkoniyatlari oshdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Men boshqa jamoalarning natijalari haqida gapirmoqchi emasman. Bugun yigitlarimizning o‘yini va g‘alabasidan rohat olmoqchiman.

- Mezbonlarning o‘yini borasida nima deya olasiz?

- “Buxoro” chaqilmas yong‘oq. Jamoada standartlarda yaxshi o‘ynaydiganlar bor, biroq biz raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik hamda g‘alabaga erishdik. Keyingi o‘yinlarda buxoroliklarga omad yor bo‘lishini tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
09/10/2023 13:28
Кучли сараланган футболчилар узбекистон юлдузлари жамланган командага яхши бош мураббий етишмаяпти
Шоим Зарипов
09/10/2023 11:33
Навбахор яхши жамоа лекин бир касалликдан кутулиши керак ётиб олишдан бу яхши эмас уят шундай кучли жамоага шармандалик бу.