
"Paxtakor" va "Navbahor"ning sobiq murabbiyi xorijda ish boshladi (foto)
Futbolchi va murabbiy sifatida o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan No‘’mon Hasanov yangi ish joyiga ko‘chib o‘tdi.
51 yoshli mutaxassis Tojikistonning "Istaravshan" jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Istaravshan" jamoasi o‘zbekistonlik taniqli murabbiy No‘’mon Hasanov bilan shartnoma imzoladi. U bungacha "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" kabi klublarda ishlagan",deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, Hasanovning so‘nggi ish joyi Namanganning "Navbahor"i bo‘lgandi.
Fikrlar