“Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi qachon bo‘ladi? Aniqlik kiritamiz!

  • 23 mart, 2023, 14:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, mavsum boshida O‘zbekiston Superkubogi uchun bahs o‘tkaziladi. Unda mamlakat chempioni va kubok egasi to‘qnash kelishi belgilab qo‘yilgan. O‘yin bu safar taxminan chempionatning 3-turiga kelib bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi. Yakunda, rejalar biroz o‘zgarib ketdi. Shu sababli O‘zPFL vakili – Zohirjon Akramxonovga murojaat qildik va bu bellashuv borasidagi barcha savollarimizga javob oldik.

Tecno

n45n45k

O‘zbekiston Superkubogi masalasida savollar yig‘ilib qoldi. Ko‘plab ishqibozlar uchrashuv aynan qaysi san’ada bo‘lib o‘tishi haqidagi rasmiy ma’lumotni kutmoqda.

- Biz ayni damda Superliga, Pro liga, Birinchi liga o‘yinlarining sana’alariga aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Tez kunlarda bu bellashuvning ham aniq vaqtini e’lon qilamiz. Katta ehtimol bilan, yil o‘rtasida, ya’ni yozda o‘tkaziladi. OFKda o‘zgargan kalendar, “Nasaf”ning OChL pley-offidagi ishtiroki sababli chempionat avvalida bu o‘yinni o‘tkazishning imkoni bo‘lmadi. Juda zich joylashgan Superliga taqvimini ham buzib qo‘yishni istamadik. Yaqindagina kubok o‘yinlarining sanalarini aniqlashtirdik. Endi, kubok va chempionat o‘yinlari yo‘q kunni topib, Superkubok bahsining san’asini rasman e’lon qilamiz.

Demak, yoz oylariga to‘g‘ri kelar ekanda?

- Xuddi shunday. Agar biz tuzgan taqvimga e’tibor qaratsangiz, aprel va may oylarida birorta bo‘sh kun yo‘q. Deyarli har kuni Superliga, Pro liga va kubok bahslarini o‘tkazamiz. Bizga ham bu bellashuvni ortga surish yoqmayapti, ammo shunga majbur bo‘ldik. Har tomondan ichki birinchilik taqvimiga o‘zgartirish kiritilishiga majbur bo‘lganimiz bois, hozirgi holatga keltirib olish uchun ham anchagina mehnat sarfladik. Mavsum boshlanmasdan avval “Nasaf” xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qildi. Bunaqasi kamdan kam bo‘ladi, ammo joriy mavsumda shunday qilishga to‘g‘ri keldi. Biz bu o‘yinni fevral oyiga belgilay olmas edik. O‘zbek klubining imkon qadar uzoqroqqa borishini istadik. Agar qishda o‘tkazmoqchi bo‘lsak, bu xuddi “ajdarlar”ning engilishini kutayotgandek taassurot qoldirar edi. Bu jamoatchilik oldida ham g‘alati bo‘lardi.

23523m

O‘zi umuman, Superkubok formatini yanada rivojlantirish borasida O‘zPFLda rejalar bormi? Har holda, dunyo futbolida format tobora o‘zgarmoqda bunday turnirlar uchun.

- Bu hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Agar razm solib qarasangiz, jahon futbolida turnirlarning formati keskin o‘zgarib bormoqda. Jahon chempionati ishtirokchilari soni ortyapti, bir necha yildan so‘ng EChLda guruh bosqichi bo‘lmaydi, Osiyo Chempionlar ligasi tez orada umuman boshqacha ko‘rinish oladi. Superkuboklarda ham xuddi shunday holat ask etmoqda. Ayrim Evropa mamlakatlari Superkubok g‘oliblarini 2 emas, 4 jamoa o‘rtasidagi o‘yinlar orqali aniqlamoqda. Balki, biz ham kelasi mavsumdan shu formatga o‘tarmiz. Bu yil ulgurmasligimiz aniq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suxbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!