
"Paxtakor" Turkiyadagi dastlabki nazorat bahsida g‘alaba qozondi
"Paxtakor" jamoasi Antaliyadagi yig‘in doirasidagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Ushbu bahsda "sherlar"ga Ruminiyaning "Uneria Slobotsia" klubi raqiblik qildi. Bellashuv Pedru Moreyra shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 22-daqiqada Bashar Resanning zarbasidan so‘ng ruminiyalik himoyachi o‘z darvozasini ishg‘iol qilib qo‘ydi. 66-daqiqada esa birga-bir vaziyatga chiqib borgan Ulug‘bek Hoshimov vaziyatdan chiroyli foydalandi va farqni ikkitaga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" navbatdagi uchrashuvni 12 yanvarda Xorvatiyaning "Dinamo"siga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar