
"Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinni qaysi telekanal jonli efirda namoyish etadi?
Xabaringiz bor, bugun Voyneski boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi OChL 4-turi doirasida "Al-Duhail" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Bir necha kun oldin ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahsda "sherlar" 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun ular Qatar klubidan revansh olishga harakat qilib ko‘radi. Ushbu bellashuvni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi.
Fikrlar