
Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari qanday avtomobil bilan taqdirlanadi?
Xabaringiz bor, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida 208 mamlakat orasida 13-o‘rinni egalladi. Muzaffar atletlarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishadi.
Sports.uz ga ma’lum bo‘lishicha, oltin medal sohiblari Chevrolet Tahoe, kumush va bronza medal egalari esa BYD Song Plus Champion avtomobillari bilan taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada sovrindorlari bundan tashqari mos ravishda 200, 100 va 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot pullariga ham ega bo‘lishadi.
Fikrlar