"Parij-2024". Ulug‘bek Rashitovning finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

  • 8 avgust, 2024, 20:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. 

Tecno

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov ikkinchi oltin medal sari yana bir dadil qadam tashladi. Hamyurtimiz ispaniyalik Xaver Peresga qarshi kechgan yarim final jangida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Vakilimizning finaldagi raqibi iordaniyalik Zaid Karim bo‘ladi. Jang taxminan bugun kechki soat 00:00da start oladi. 

Rashitov Tokio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgach, saytimizga intervyu bergan edi. U nima sabab taekvondoni tanlagani, kumiri, faoliyatidagi eng qiyin raqiblar va Olimpiadadagi ishtiroki haqida gapirib bergan edi. U bugun ikkinchi marotaba finalga chiqdi. Quyida intervyuni tomosha qiling!

https://youtu.be/tBOPBuflpls?si=JDuaelwI0JeQzq-o

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!