Paralimpiya. Vazir ishtirok etgan yig‘ilishda dolzarb masalalar haqida so‘z bordi

  • 2 noyabr, 2022, 20:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining majlislar zalida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, qo‘mita mutaxassislari, sportchilar va trenerlar ishtirok etishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

20221102141718_IMG_5443

Tadbirni ochib bergan Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov yurtimiz paralimpiyachilarining xalqaro nufuzli musobaqalarda ko‘rsatayotgan matonati va irodasi, qo‘lga kiritayotgan natijalarini alohida e’tirof etgan holda, bularning barchasi so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol namunasi ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ham sportchi va trenerlarga yaratilgan sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalangan holda, ko‘zlangan natijaga erishish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni takrorlamaslik bo‘yicha fikr bildirdi.

20221102142022_IMG_5479

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan so‘z bordi. Jumladan, “Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Bekzod Soipov, “Korruptsiya tushunchasi” mavzusida Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi G‘ulom Yavkachov, Xanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlari hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida Milliy paralimpiya qo‘mitasi departament direktori Nazirjon Xudayqulov ma’ruza qildi.

photo_2022-09-16_12-24-23

Bundan tashqari, qatnashchilarga para sportchilar va trenerlarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi Kodeks tarqatildi hamda bu bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!