Paralimpiya. Para velosportchilarimiz jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda

  • 14 sentabr, 2022, 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Aksariyat paralimpiya terma jamoalari qatori para velosportchilarimiz ham shu kunlarda muhim musobaqalardan oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

“Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz poytaxtimizda joylashgan velotrekda o‘tkazilmoqda. Unda jami 13 nafar sportchi va 3 nafar trener ishtirok etmoqda. Kuniga 2 mahaldan mashg‘ulot olib borilmoqda. Ularda asosiy e’tibor texnik va jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan.

Sentyabr oyida aynan trek poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aynan mana shu musobaqadan so‘ng oktyabr oyida Frantsiyada bo‘ladigan trek bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan tarkib aniqlab olinadi”, - dedi para velosport bo‘yicha trener Dilmurod Siddiqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!