
Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga 2 xonali kvartira berildi
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar yaqindagina nihoyasiga etgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi. G‘olib va sovrindorlarga prezident sovg‘alari tantanali topshirildi.
Andijon viloyat hokimi Prezidentimiz farmoniga asosan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, Paralimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Boburjon Omonovga Andijon shahrida qad rostlagan 16 qavatli yangi uyning 2 xonali kvartirasi kalitini tantanali ravishda topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga prezident tomonidan Taxo avtomobili, Toshkent shahridan 3 xonali kvartira hamda 200 ming AQSh dollari miqdorida mukofotlar topshirilgan edi.
Fikrlar