Paralimpiya. Doniyor Saliev jahon rekordini o‘rnatdi va Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 7 noyabr, 2019, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Para atletika bo‘yicha Jahon chempionatiga start berildi.

Tecno

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri mezbonlik qiladigan ushbu musobaqaning uzunlikka sakrash bellashuvlarida Doniyor Saliev yurtimiz sharafini himoya qildi.

Hozirgina yakuniga etgan final bahslarida hamyurtimiz Doniyor Saliev Para atletika bo‘yicha jahon chempionatining yangi rekordini (7.44 m) qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu natija sportchimizga kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi.

Doniyor Salievning xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha:

2013 yilgi Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati (Uch xatlab sakrash) – kumush medal sohibi

2015 yilgi Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati (4x100 metrga estafeta yugurish) – kumush medal sohibi

2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari (4x100 metrga estafeta yugurish) – bronza medal sohibi

2017 yilgi Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

2018 yil. Paraosiyo o‘yinlari (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

2019 yilgi Para atletika bo‘yicha Jaxon chempionati (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!