Paradzyudo yulduzlari «Humo Arena»da bellashishadi

  • 7 sentabr, 2019, 22:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Shu yilning 23-24 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham sport majmualaridan biri «Humo Arena»da paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio-2020 yozgi paralimpiada o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Shu sababli joriy yilgi turnir bahslarini har qachongidanda ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida bellashuvlarni ko‘p tarmoqli «Humo Arena» muz saroyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

22 sentyabr kuni Ramada mehmonxonasida sportchilarning rasmiy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning ochilish marosimi esa 23 sentyabr kuni soat 15.30 da bo‘lib o‘tadi. Turnirda erkaklar 7 ta vazn toifasida, ayollar esa 6 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradilar.

G‘oliblar reyting ochkolari va medallar bilan bir qatorda diplom va pul mukofatlari bilan taqdirlanadilar.

1-o‘rin sohibi: 1,000 AQSh dollari

2-o‘rin sohibi: 500 AQSh dollari

3-o‘rin sohibi: 300 AQSh dollari

Musobaqa taqvimi

22 sentyabr 2019. 

Rasmiy vazn o‘lchash marosimi (Ramada mehmonxonasi)

23 sentyabr 2019

Erkaklar: -60 kg,-66 kg, 73 kg

Ayollar:  -48 kg,- 52 kg, 57 kg

24 sentyabr 2019

Erkaklar: -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg

Ayollar:  -63 kg, -70 kg, +70kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!