Para suzuvchilarimiz Polshadan medallar shodasi bilan qaytishmoqda

  • 24 noyabr, 2019, 21:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha kun muqaddam O‘zbekiston Para suzish terma jamoasi 22-25 noyabr kunlari Polsha ochiq chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgani haqida ma’lum qilgan edik.

Tecno

Щetsin shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada dunyoning 17 ta mamlakatidan jami 380 nafar sportchi ishtirok etdi. Quvonarlisi, 9 ta para suzuvchi bilan qatnashgan terma jamoamiz 9 ta oltin va 5 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Qayd etish lozimki, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni Polsha terma jamoasidan so‘ng umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Firdavs Musabekov – 2 ta oltin

Kirill Pankov – 1 ta oltin

Muzaffar Tursunxo‘jaev – 1 ta oltin, 2 ta kumush

Shoxsanam Toshpo‘latova – 3 ta oltin, 1 ta kumush

Nigora Mirzoxidova – 2 ta oltin, 2 ta kumush

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!