Para stol tennisi bo‘yicha eng kuchlilar saralandi

  • 27 noyabr, 2022, 18:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Stol tennisi
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda para stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu safargi mamlakat birinchiligida Respublikamizning turli hududlaridan jami 70 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Tecno

Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra, mamlakatimizning eng kuchli para stol tennischilari aniqlandi. G‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Ergashev hamda qo‘mita mutasaddilari ishtirok etdi. Shoxsupaga ko‘tarilgan sportchilar medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Quyida para stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

1-5 klasslar (erkaklar)
1-o‘rin – Rasul Atamuratov
2-o‘rin – Umidjon Axmedov
3-o‘rin – Ziyodbek Kamolov

1-5 klasslar (ayollar)
1-o‘rin – Jarkinay Murtazaeva

6-7 klasslar (erkaklar)
1-o‘rin – Izzatbek Hamraev
2-o‘rin – Botir Isomiddinov
3-o‘rin – Baxodirjon Xoshimov

8-10 klasslar (erkaklar)
1-o‘rin – Sunnatullo Murodullaev
2-o‘rin – Abdurahmon Zohidjonov
3-o‘rin – Oybek Normaxmatov

8-10 klasslar (ayollar)
1-o‘rin – Maftuna Nishanbaeva
2-o‘rin – Iroda Musurmonkulova
3-o‘rin – Aysanem Ubaydullaeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!