Para kanoe. Bugun yana 2 nafar hamyurtimiz jahon chempionatida medallar uchun startga chiqadi

  • 6 avgust, 2022, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Kanadaning Galifaks shahrida para kanoe bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun ushbu musobaqada ikki nafar vakilimiz final bahslarida startga chiqadi. Jumladan, ayollar o‘rtasida KL3 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Shaxnoza Mirzaeva hamda VL3 klassida bahslarga kirishgan Haytmurod Sherqo‘ziev jahon birinchiligining medallar uchun bahs olib boradi.

Para kanoechilarimiz ishtirokidagi bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 18:44 da boshlanishi rejalashtirilgan. Vakillarimizga ushbu bahslarda omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!