
O‘zbekistonning mashhur futbolchisi Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaydi
Rossiya Milliy futbol ligasida ishtirok etayotgan “Tom” jamoasi ikki nafar yangi futbolchi - o‘zbekistonlik tajribali himoyachi Vitaliy Denisov va rossiyalik hujumchi Denis Davidov bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
- Biz kelishuvga erishdik. Har ikki futbolchining tibbiy ko‘rik natijalarini oldik. Endi ularning o‘zlarini kutyapmiz. Denisov va Davidov bir-ikki kundan keyin shu erda bo‘ladi va shartnomani rasmiylashtiramiz. Vitaliy va Denis jismonan tayyor bo‘lsa, “Volgar” bilan bo‘ladigan o‘yinda ularning xizmatidan foydalanishga harakat qilamiz, - dedi “Tom” klubi bosh direktori Tatyana Smirnova.
O‘zbekiston milliy terma jamoasida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan mashhur himoyachi Vitaliy Denisov premer-liga debyutanti “Rotor” bilan maosh masalasida kelisha olmagach, erkin agent maqomida jamoasiz yurgan edi.
Fikrlar