O‘zbekistonlik velopoygasi professional poygada shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Yanina Kuskova UCI toifasidagi “Tour El Salvador” nufuzli xalqaro ko‘p kunlik professional poyganing ikkinchi bosqichida ishtirok etdi.

Tecno

Mazkur poygalar yakuniga ko‘ra, Yanina Kuskova marraga uchinchi bo‘lib etib keldi va velosport bo‘yicha milliy terma jamoamiz uchun ikki bosqich tasnifida 78 UCI reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Hali oldinda poyganing bir necha bosqichlari bor.

Eslatib o‘tamiz, velosportning shosse yo‘nalishida erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Tsvetkov UCI reyting ochkolarini beruvchi, 2.1 tasnifidagi “Tour of Thailand” ko‘p kunlik xalqaro velopoygasining 4-bosqichida 3-o‘rindan joy olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!