
O‘zbekistonlik sportchilar zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi
Turkiyaning kuchli zilzila epimarkazi bo‘lgan Qaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u erdan Toshkentga qaytib kelishadi”, - deyiladi xabarda.
Fikrlar