O‘zbekistonlik paralimpiyachilar "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga rekord darajada yo‘llanma qo‘lga kiritdi

  • 19 avgust, 2021, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Tokio-2020" XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. O‘zbekistonlik paralimpiyachilar sportimiz tarixida yangi sahifa ochishni hozirdanoq boshlab yuborishdi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi, Paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa sportchilari "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga har qachongidan ham ko‘proq yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Bu bejizga emas chunki Yurtboshimiz tomonidan paralimpiyachilarga  berilayotgan e’tibor hamda tayorgarlik jarayonining bosqichma-bosqich  yul xaritasi ishlab chikilganligi va bu yul haritada har bir sportchining jismoniy holatidan kelib chiqqan xolda alohida mashg‘ulotlarni tashkil etilganligi sabab atletlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 55 taga etdi.

Tecno

Yo‘llanma olgan sportchilar sport turlari kesimida:

T/r Parasport turlari Yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar  soni Qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni
1. Para engil atletika 17 nafar* 19 ta
2. Para suzish 7 nafar* 12 ta
3. Para kanoe 3 nafar 3 ta
4. Para taekvondo 3 nafar 3 ta
5. Para o‘q otish 1 nafar 1 ta
6. Para dzyudo 12 nafar 12 ta
7. Para akademik eshkak eshish 2 nafar 2 ta
8. Para pauerlifting 3 nafar 3 ta
  Jami 48 nafar 55 ta

Izoh:  – Shoxsanamxon Toshpo‘latova para suzish bo‘yicha 3 ta (1+ 2 ta)  yo‘llanma qo‘lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay, 200 m. kompleks usul);

– Islam Aslanov para suzish bo‘yicha 2 ta (1+1 ta) yo‘llanma qo‘lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

– Firdavsbek Musabekov para suzish bo‘yicha  2 ta (1+1 ta)  yo‘llanma qo‘lga kiritgan (100 m. brass, 200 m. kompleks);

 Muzaffar Tursunxo‘jaev para suzish bo‘yicha  2 ta (1+1 ta)  yo‘llanma qo‘lga kiritgan (50 m. erkin, 100 m. batterflyay);

– Sabina Suxanova para engil atletika bo‘yicha 2 ta (1+1 ta) yo‘llanma qo‘lga kiritgan (100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash);

– Nurxon Qurbonova para engil atletika bo‘yicha 2 ta (1+1 ta) yo‘llanma qo‘lga kiritgan (yadro uloqtirish, nayza otish);

Agar yodingizda bo‘lsa Rio-de Janeyroda sportchilarimiz 5 ta sport turi– para suzish, para dzyudo, para engil atletika, para pauerlifting va para o‘q otish bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etgan bo‘lsa, Tokio-2020 da ushbu sport turlari soni yana 3 taga oshdi. O‘zbekiston tarixida ilk bor para kanoe, para taekvondo hamda para akademik eshkak eshish sport turlari bo‘yicha yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga qadar para atletlarimiz yozgi Paralimpiya o‘yinlarida quyidagi sport turlarida ishtirok etgan:

T/r Paralimpiya o‘yinlari Sport turlari
1. Pekin-2008 para engil atletika, para suzish
2. London-2012 para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting
3. Rio-2016 para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting, para o‘q otish
4. Tokio-2020  para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauelifting, para o‘q otish, para taekvondo, para kanoe, para akademik eshkak eshish

Kunchiqar yurtda bo‘lib o‘tadigan 4 yillikning eng muhim sport anjumanida hamyurtlarimiz o‘z natijalarini har tomonlama yaxshilab, Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bilan qaytishlariga umid qilamiz.

Quyida "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

                                Para engil atletika

1.Xusniddin Norbekov (disk otish)

2.Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)

3.Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)

4.Temurbek Giyazov (nayza otish)

5.Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)

6.Doniyor Saliev (uzunlikga sakrash)

7.Elbek Sultonov (yadro otish)

8.Izzat Turg‘unov (uzunlikga sakrash)

9.Sabina Suxanova (100 m. yugurish)

10.Sabina Suxanova (200 m. yugurish)

11.Nozimaxon Qayumova (nayza otish)

12.Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)

13.Mohigul Xamdamova (disk otish)

14.Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)

15.Nurxon Qurbonova (nayza otish)

16.Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

17.Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)

18.Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)

19.Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Para suzish

1.Islam Aslanov (50 m erkin)

2.Islam Aslanov (100 m batterflyay)

3.Dmitriy Xorlin (50 m erkin)

4.Firdavsbek Musabekov (100 m brass)

5.Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)

6.Muzaffar Tursunxo‘jaev (50 m erkin)

7.Muzaffar Tursunxo‘jaev (100 m batterflyay)

8.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (50 m erkin)

9.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (100 m batterflyay)

10.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (200 m kompleks)

11.Nigoraxon Mirzoxidova (100 m baterflyay)

12.Muslima Odilova (50 m erkin)

Para dzyudo

1.Sherzod Namozov (-60 kg)

2.Uchqun Quronboev (-66 kg)

3.Feruz Sayidov (-73 kg)

4.Dovurxon Karomatov (-81 kg)

5.Shuxrat Boboev (-90 kg)

6.Sharif Xalilov (-100 kg)

7.Shirin Sharipov (+100 kg)

8.Lobar Xurramova (-48kg)

9.Sevinch Salaeva (-52 kg)

10.Parvina Samandarova (-58 kg)

11.Nafisa Sheripboeva (-63 kg)

12.Vasila Aliboeva (-70 kg)

Para kanoe

1.Azizbek Abdulhabibov (200 m)

2.Hayitmurod Sherqo‘ziev (200 m)

3.Shahnoza Mirzaeva (200 m)

Para taekvondo

1.Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)

2.Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)

3.Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

Para pauerlifting

1.Ro‘za Qo‘zieva (-61 kg)

2.Farhod Umrzoqov (-88 kg)

3.Nuriddin Davlatov (-107 kg)

Para akademik eshkak eshish

1.Feruza Bo‘riboeva (2000 m)

2.Otabek Qo‘chqorov (2000 m)

Para o‘q otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet)

Eslatib o‘tamiz, "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Bahslarni Uzreport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
PROSTO TELE
19/08/2021 14:44
Аллох насиб килса бу сафар кучли 10 ка кирамиз. Буларни хам олимпиячилар сингари такдирланглар. Аслида улардан хам зиёда килиб такдирлаш керак. Чунки булар унча мунча соглом одам хам килолмайдиган ишни киляпти.
Baxil Alihuja
19/08/2021 10:51
ХАр доимгидек параолимпиячиларимиз Олимпиячилардан купрок медаллар олиб келишса керак!