O‘zbekistonlik karatechi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bergan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik karatechi Nodira Jumaniyozova 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Karate bo‘yicha 2019 yilgi Osiyo chempioni hisoblangan Nodira Jumaniyozovadan musobaqada olingan doping-sinamasida metasteron taqiqlangan moddasi (anabolik steroid) aniqlangan. Shu sababli, u antidoping qoidabuzarligida ayblanib, Xalqaro karate federatsiyasi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Diskvalifikatsiya muddati 2023 yilning 26 avgustiga qadar davom etadi.



Fikrlar