O‘zbekistonlik K-1 ustasi Turkiyada jang qiladi
20 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha “King of King” turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada o‘zbekistonlik Murod Ahmedov ham mezbonlar vakili Medeni Chelikka qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, raqibida kovid aniqlanganligi bois, ushbu jang qoldirilgandi.
Endi, yurtdoshimiz 2022 yil 22 yanvar kuni Ozarbayjon vakili Mammad Amralievga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu qarama-qarshilik ham Istanbul shahrida “King of King” turniri doirasida o‘tkazadi. Mazkur jang -71 kg vazn toifasida o‘tkaziladi.



Fikrlar