
O‘zbekistonlik jangchi Rossiyaning nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi
Joriy yil Serbiyaning Novi –Sad shahrida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionatining jangovar sambo yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Bahodir Boqiev Rossiyaning nufuzli MMA promousheni “Fight Night” bilan shartnoma imzoladi.
Yurtdoshimiz ushbu promoushendagi dastlabki jangini 25 dekabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi. Bahodir MMA yo‘nalishida 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 7 tasida g‘alaba, ikki mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. Bahodir o‘ta engil hamda yarim engil vazn toifalarida o‘z janglarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Boqiev so‘ngi jangini 2019 yil 25 dekabrda “GFC 23” turnirida o‘tkazib, rossiyalik Suraj Gasanovdan ustun kelgandi.
Fikrlar