
O‘zbekistonlik jangchi "Hall of Fame MMA" turnirida g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Jahongir Husanov MMA bo‘yicha navbatdagi jangini o‘tkazdi.
8 dekab kuni «Novosibirsk Kolizeyi»da (Bu erdagi davlat tsirki arenasini shunday atashadi) Hall of Fame MMA Ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Husanov o‘z vazni bo‘yicha barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba Jahongir Husanov uchun birinchisi emas. U ilgari muaytay va kikboksing sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar va Osiyo chempionatlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan edi.
Husanov o‘ziga xos MMA referisi va ushbu sport turi bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiylari sarasiga kiruvchi Mansur (Mangust) Tugizboev hamda Dmitriy Xudyakovlarning shogirdi hisoblanadi. U o‘tgan yili Qirg‘izistonda o‘tkazilgan MMA bo‘yicha nufuzli musobaqada ham g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar