O‘zbekistonlik futbolchi tur ramziy jamoasida (foto)

  • 27 aprel, 2020, 22:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25-26 aprel kunlari Tojikiston chempionatida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Odatga ko‘ra, "Varzish" telekanali tur davomida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Tecno

photo_2020-04-27_22-42-07

E’tiborlisi, bu safargi ramziy terma jamoadan "Xo‘jand" klubi yarim himoyachisi Sanjar Rixsiboev ham o‘rin oldi. Yodingizda bo‘lsa, Rixsiboev "Regar-TadAZ"ga qarshi 2:1 hisobi bilan yakuniga etgan bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston chempionati 10 mayga qadar rasman to‘xtatib qo‘yilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!