O‘zbekistonda o‘ynagan afrikalik futbolchilardan qaysilari muxlislar mehrini qozongan?

  • 25 fevral, 2020, 03:15
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing yangi mavsumi arafasida klublarimiz bir qator legioner futbolchilarni tarkibga jalb etishmoqda va bu e’tiborimizni o‘ziga tortmay qo‘ymaydi. Shundan kelib chiqib, bir necha kun avval, O‘zbekiston klublarida to‘p tepgan okeanorti vakillari haqida ma’lumot bergan edik. Bugun jamoalarimiz safida o‘ynagan afrikalik futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

O‘z vaqtida Nigeriyadan 15 nafar futbolchi o‘zbek klublari a’zosi bo‘lgan. O‘z vaqtida, ularning bir nechtasi muxlislar yoqimtoyiga ham aylangan. Ushbu yurt vakillaridan uchtasi ilk bor 2005 yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan. Patrik Agbo "Navbahor"ga, Benedikt Opara va Ixeruome Uche "Paxtakor"ga kelgan. Opara bir mavsum to‘p tepgan xolos. Uche esa o‘zining texnikasi bilan ishqibozlar qalbidan joy olgandi. Ammo keyinchalik, jarohatlar girdobida qolib, faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirolmadi va 2010 yili toshkentliklar safini tark etdi. Bu orada 2008 yili "Sho‘rtan" klubida ham faoliyat olib borishga ulgurgan. Uche va Oparadan farqli o‘laroq, Patrik Agbo uzoq muddat davomida chempionatimizning turli klublarida o‘ynadi. 2005-2006 va 2011 yili "Navbahor", 2007 yili "Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor"), 2008 yili "Dinamo-Samarqand", 2009-2010 va 2011-2012 yillari "Sho‘rtan" sharafini himoya qilgan.

2006 yili "Oqtepa" Erik Abanda, "Lokomotiv" esa Okafor Obinna bilan shartnoma imzolagan. Bu futbolchilar mamlakatimizda faqatgina bir mavsum istiqomat qilishdi. "Oqtepa" va "Lokomotiv" keyingi yili ham bittadan nigeriyalik futbolchilarni jamoaga jalb qildi. Ammo Andre Kamara "Oqtepa"da, Uilson Rapposo "temiryo‘lchilar" safida bir mavsum to‘p surdi. Shu yili "Dinamo-Samarqand" klubi Devid Oniyani safga qo‘shdi va u 2011 yilgacha samarqandliklar safida bo‘lgan. 4 yillik faoliyati davomida chempionatning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida shakllangan futbolchi yuqori maqsadlar sari intilayotgan "Bunyodkor" e’tiborini o‘ziga torta oldi va 2011 yili "qaldirg‘ochlar" tarkibiga qo‘shildi. U Toshkent klubida bir yil o‘ynadi va keyingi mavsum "So‘g‘diyona" sharafini himoya qildi. 2012-2013 yili "Buxoro" va 2014 yili "Neftchi" futbolchisi sifatida faoliyat olib bordi.

2008 yili "Buxoro" klubi Nigeriyadan Nsoforni olib keldi. Bu futbolchi keyingi yili "Andijon"da o‘ynadi va mamlakatimizda boshqa ko‘zga ko‘rinmadi.

2009 yili Chidi Ebuzemi "So‘g‘diyona"da bir mavsum o‘ynadi, Martin Izoxo esa 2008-2010 yillar davomida "Dinamo" va "Andijon" klublarida faoliyat olib bordi.

Samuel Akanji 2008-2009 yilgi mavsumlarda "Sho‘rtan, 2009-2010 yillarda "Qizilqum" sharafini himoya qilgan bo‘lsa, 2012 yili "Qizilqum"da yana bir nigeriyalik Emmanuel Okechukvu faoliyat olib bordi. Shu yili "Navbahor"da Aleks Ojiaka to‘p tepgandi.

5 yillik tanaffusdan so‘ng, 2017 yili "Lokomotiv" yana ushbu mamlakatdan futbolchi olib keldi, ammo Olabiran Muyivaga yarim mavsumdan so‘ng javob berib yuborildi.

Yangi mavsumda, "Oqtepa" va "Mash’al" klublarida bittadan nigeriyalik futbolchilar faoliyat olib borishi kutilmoqda. Agar, bu amalga oshsa, O‘zbekistonda o‘ynagan Nigeriya fuqarolari soni 17 taga etadi.

2017 yili "Lokomotiv" sharafini Burkina Faso fuqarosi himoya qilgandi. Muhammad Koneni ko‘pchilik muxlislar hali yodidan chiqarmagan bo‘lsa kerak.

Yurtimizga Kamerundan ham futbolchi kelganini bilarmidingiz?

Ha, mamlakatimizda bittagina kamerunlik futbolchi bo‘lgan. 2006 yili Frenk Kevin Leva "Sho‘rchi" safida to‘p surgan.

Obameyangning yurtidan ham futbolchi jalb etilgan. Gabon mamlakati fuqarosi AGMKda o‘ynagan. Tibaut Chikaya 2010-2011 yillarda olmaliqlik muxlislarning olqishlariga sababchi bo‘lgan.

Ganadan 3 ta futbolchi o‘zbek klublarida faoliyat olib borgan. Bular: Richard Seue (2007, "Mash’al"), Oteng Mensa (2008, "Sho‘rtan") va Jerri Emonkpari (2010, "Metallurg").

2018 yili Ismoil Gonsalveshdan "Paxtakor" ishqibozlari ko‘p umid qilishgandi, ammo Gvineya-Bisau fuqarosi bir mavsumdan keyin, Eronning "Istiqlol" klubiga ketib qoldi.

Kot-d’Ivuar mamlakatidan 2 ta futbolchi O‘zbekiston klublarida faoliyat olib borgan va yangi mavsumdan e’tiboran, yana 2 ta shu yurt vakillari Superligada paydo bo‘ladi. 2012 yili "Sho‘rtan"da Adama Soro va 2017 yili "Lokomotiv"da Nore Krizo o‘ynagandi.

2020 yilgi mavsum oldidan Yakuba Bamba "Qo‘qon-1912" va Faysal Traore "Nasaf" tarkibini to‘ldirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga ilk bor Namibiyadan futbolchi keldi. Yangi mavsum arafasida, "Qizilqum" Makkartni Tevin Navesib bilan tarkibini kuchaytirib oldi. E’tiborli tomoni, Navesib terma jamoa a’zosi va sardori hisoblanadi.

2019 yili "Qo‘qon-1912" klubi nigerlik futbolchi bilan kelishib olgandi. Ammo Olive Bonne qo‘qonliklar safida birorta uchrashuv o‘tkazmadi.

Esvatini mamlakatini ko‘pchilik eshitmagan ham bo‘lsa kerak. Afrika qit’asining janubida joylashgan mamlakat fuqarosi Sandil Hlativako 2008 yili "Nasaf"da 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga ham ulgurgan.

Afrikalik futbolchilar orasida o‘zbek muxlislariga eng ma’qul kelgan futbolchilardan biri Shaker Zuagidur. Tunislik yarim himoyachini 2014 yili AGMK klubi olib kelgan va 2015-2016 yillarda "Bunyodkor" sharafini himoya qilib ketgan edi.

Bir qator afrikalik futbolchilar yurtimizda o‘z iqtidorlarini namoyish etishga harakat qilishgan. Ular orasida Shaker Zuagi, Uche, Agbo va Oniyani alohida qayd etish kerak. Zero, ushbu futbolchilar qolganlariga nisbatan, o‘z saviyalarini namoyon eta olishgan. Ismoil Gonsalveshni ham bular qaotirga qo‘shishimiz mumkin, ammo hujumchi Superligada 21 ta uchrashuv o‘tkazib, keyingi mavsumda jamoani tark etgandi. Yangi mavsumda kelgan futbolchilarni ham diqqat bilan kuzatamiz va umid qilamizki, ishonchi oqlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Raxmatullaev
26/02/2020 17:41
Bu qaravoylarga o'zbekiston iqlimi yoqmaganmi hech qaysisi o'ynolmagan
Davron Tashkenbaev
25/02/2020 10:13
Қоравойладан Уче энг ёрқин из қолдирган. Лекин уни хам зўр натижа эмас кўпроқ шоу сифатда фойдаси текган
Shox Farxadovich
25/02/2020 07:14
Африквлик 18, 19 ёшлилан африкани узидан обкелиш керак июорасида зурлари чикиб колади