O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi

  • 17 fevral, 15:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz 2025 yil 28 fevraldan 6 martgacha U18 jahon chempionatining IIIB divizionida (kuchlar bo‘yicha ettinchi) o‘yin o‘tkazadilar. Turnir Bangkok (Tailand)da bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bunga qadar O‘zbekiston xokkey maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan U18 yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya Kubogida ikki marta g‘olib bo‘lib, hech biro‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan. Turnir 2023-yil mart oyida Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) va 2024 yil aprel oyida Toshkent hamda Samarqandda (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tgan.

Jahon chempionatidagi debyut turnirida O‘zbekiston yoshlari Janubiy Afrika Respublikasi, Lyuksemburg, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina hamda Tailand yosh jamoalarigaqarshi maydonga tushishadi.

Turnir taqvimi:

28 fevral, 14:30 — O‘zbekiston -  Janubiy Afrika Respublikasi
1 mart, 14:30 — Lyuksemburg - O‘zbekiston
3 mart, 14:30 — Turkmaniston - O‘zbekiston
4 mart, 11:00 — O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina
6 mart, 18:00 — Tailand - O‘zbekiston

Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) turnirning so‘nggi uchrashuvi sifatida Tailand va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi bahsni belgilagan, bu esa aynan shu ikki jamoa musobaqaningasosiy favoritlari sifatida ko‘rilayotganini anglatadi. Janubiy Afrika jamoasi autsayder sifatida ko‘rilmoqda, Lyuksemburg esa o‘tgan yilgi turnirni o‘tkazib yuborgan. Qolgan uch raqib esa jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Biz yoshlarimizga ishonamiz va umid qilamizki, Chexiyadamavsumni o‘tkazgan Jasurbek Rustamxonov va Salohiddin Azimov ishtirokida kuchaygan jamoamiz jahon chempionatida munosib debyut qiladi hamda g‘alaba va yuqori diviziongachiqish uchun kurashadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!