
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Andijonda Germaniya jamoasi bilan durang o‘ynadi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
O‘yin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining ustunligi ostida o‘tdi. Terma jamoamiz bu o‘yinda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Ammo Jasur Jaloliddinov 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Endilikda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 23 may kuni Namanganda Berlin jamoasi bilan yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston yo.t.j. - Berlin U-18 1:1
Gollar:Hojimat Erkinov (52) - Til Mashkovski
O‘zbekiston yo.t.j.: Abduvaxid Ne’matov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev,
Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Sunattilla Hamidjonov, Ruslan Roziev, Diyor Xolmatov, Ulug‘bek Hoshimov, Diyor Rahmonqulov.
Berlin U-18: Florian Xorenbur, Xarit Bakats, Serxat Polat, Hoqon Dundar, Laurents Del, Linus Fuertenou, Maksi Skinbauer, Til Mashkovski, Nua Shmits, Berat Erdogan, Mattias Koch.
Amalga oshirilmagan penalti: J.Jaloliddinov (22).
Fikrlar