O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 3 ta uchrashuv o‘tkazadi

  • 12 iyul, 2019, 20:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in boshlaganidan xabaringiz bor.

Tecno

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8-18 iyul kunlari oralig‘ida Toshkentda yig‘in tashkil etmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Bosh murabbiy terma jamoa o‘zagini shakllantirish va terma jamoaga nomzod futbolchilar harakatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu yig‘inga jami 30 nafar futbolchi jalb etgan. Yig‘in mobaynida 3 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Dastlabki uchrashuv bugun “Metallurg U-21” jamoasiga qarshi o‘tkazildi. O‘yin “Bunyodkor” akademiyasi maydonida tashkil etildi. Ikkinchi o‘yinda esa terma jamoamizga Tojikistonning “Ho‘jand” klubi raqiblik qiladi. Mazkur bahs 15 iyul kuni Bekobodda  bo‘lib o‘tadi. Yig‘in doirasidagi oxirgi uchrashuv esa 17 iyul sanasida TTYMI stadionida “Lokomotiv” bilan tashkil etiladi

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 18 iyul sanasiga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!