O‘zbekiston xokkey terma jamoasi tarkibi qay tarzda shakllantiriladi?

  • 20 aprel, 2020, 11:51
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) Bosh kotibi Shukurullo Karimov "MOQ xabarlari" informatsion-ko‘ngilochar dasturida tashkil etilajak O‘zbekiston xokkey terma jamoasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Ilgariroq, terma jamoa mahalliylashtirilgan "Humo" xokkeychilaridan asos topishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

"Bu dastur rejada bor. Faqat "Humo" jamoasidan emas, balki "Toshkent", "Semurg‘" va "Binokor" jamoalaridan ham xokkeychilar taklif etiladi. Albatta, terma jamoaga talab juda ham yuqori darajada qo‘yiladi. Xorijda ham, jumladan, Rossiyada O‘zbekistonda tug‘ilgan xokkeychilar talaygina. Biz o‘smirlar jamoalarida o‘ynayotgan ushbu xokkeychilarni kuzatib boryapmiz. Vaqti kelganda ularni O‘zbekistonga chaqiramiz", - dedi Shukurullo Karimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!