O‘zbekiston vakilasi "Oktagon 29" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi. Jang 1-raund davom etdi

  • 24 mart, 2022, 18:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Qozog‘istonning Almati shahrida MMA bo‘yicha "Oktagon 29" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berib o‘tganimizdek, ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik O‘g‘iloy Nasimova ham navbatdagi jangini o‘tkazish kerak edi. Bir necha daqiqalar avval vakilamiz oktagonga ko‘tarildi. Uning raqibasi qirg‘izistonlik Aygerim Shabdanbekova edi. Jang 1-raundning dastlabki daqiqalaridayoq o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

Jang avvalida tashabbusni qo‘lga olgan hamyurtimiz "parter" holatidagi ustunligidan unumli foydalangan holda seriyali zarbalarni yog‘dirishi natijasida Qirg‘iziston vakilasi qiyin holatga tushib qoldi va referi jangni to‘xtatdi. Shu tariqa O‘g‘iloy Nasimova texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Shu o‘rinda ushbu ajoyib g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!