11 avgust kuni O‘zbekiston va sobiq SSSR faxriy futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mashhur yulduzlar qatnashadi

  • 5 iyul, 2019, 16:41
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

11 avgust kuni "Paxtakor"ning mash’um aviahalokatiga 40 yil to‘ladi.

"Paxtakor" futbol klubi o‘zbek futbolida yorqin iz qoldirgan jamoa vakillarini xotirlash maqsadida bir necha tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu borada klub katta ko‘lamda ish olib bormoqda. 11 avgust kuni ishqibozlar "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va sobiq SSSR faxriy futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mashhur yulduzlarning qatnashishi mo‘ljallangan. Shuningdek, o‘sha kuni stadionda o‘yingacha ham muxlislar uchun badiiy dastur taqdim etiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Avgust oyi boshida Toshkentda 2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar o‘rtasida "Xotira qanotlari" musobaqasi o‘tkaziladi.

"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga ayni paytda yangi hujjatli filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Tez orada ushbu filmdan parchalarni o‘quvchilar e’tiboriga taqdim qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Max1960
05/07/2019 20:29
Худо хохласа СССРнинг юлдузлари иштирокидаги уйинни.куриш учун албатта бараман, 1979 йилда Пахтакор шарафини химоя килишга келган футюолчилар катнашса уларга яна бир бор тасанно.
&
mmn
05/07/2019 17:11
Омад Пахтакорга, ўтганларни хотирлаш яхши иш.