
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi "CAFA U-17 women’s championship-205" g‘olibi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi "CAFA U-17 women’s championship-2025” xalqaro turniri g‘olibiga aylandi.
Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamiz ikki g‘alaba va bir durang natija evaziga muddatidan avval 1-o‘rinni naqd qildi.
Turnirning so‘nggi uchrashuvi Tojikiston va Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng taqdirlash marosimi boshlanadi.
Fikrlar