O‘zbekiston U-16 termasi rossiyalik tengqurlariga yirik hisobda engildi

  • 9 fevral, 2023, 14:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rivojlanish kubogi" musobaqasining 3-turi doirasida Rossiya U-16 hamda O‘zbekiston U-16 terma jamoalari kuch sinashdi. Unda vakillarimiz yirik 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Tecno

Rossiya termasi safida gollarga Egor Kamelkov (pen), Daniil Jitnikov, Konstantin Tronn va Aleksandr Beketov mualliflik qildi. Hamyurtlarimizning yagona goli Muslimbek Habibullaev nomiga qayd etildi. 

Bundan oldingi bahslarda yoshlarimiz Qozog‘iston va Belarus termalariga bir xil 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!