
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi yurishi qaysi bosqichda yakunlanadi?
"Fotmob" portali futbol ishqibozlari o‘z taxminlarini qoldirishi uchun https://predict.fotmob.com/ loyihasini ishga tushirdi.
Bugun start oladigan Osiyo Kubogi uchun dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan minglab futbol muxlislari keltirgan taxminlar natijasi yuqoridagi suratda aks etgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdan 2-o‘rin bilan chiqadi va nimchorak finalda "F" guruhining ikkinchi jamoasi Ummon bilan kuch sinashadi. Ummon ortidan chorak finalda Qatar ham taslim etiladi va yarim finalda Janubiy Koreya bilan o‘yinda MTJ imkoniyatni boy berishi taxmin qilingan. Ikkinchi yarim final juftligida Saudiya Arabistoni Yaponiyadan ustun keladi va finalda ham sharqiy Osiyoning boshqa bir grandini yutib, o‘z tarixida 4-bor Osiyo Kubogi sovriniga ega chiqadi.
Fikrlar