
O‘zbekiston Superligasi. "Surxon"dan super kambek, Toshpo‘latovdan fantastik gol (video)
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shunqorlar" safida gollarga Xolmuhammedov va Norbekov mualliflik qildi. "Uchar tulporlar"ning uch goliga Toshpo‘latov, Bobojonov va Sanches nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Surxon" ochkolari sonini 19 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 12-pog‘onadan joy egallagan.
"Qo‘qon-1912" hisobida 17 ochko mavjud bo‘lib, klub 13-pog‘onani band etgan.
Fikrlar