O‘zbekiston Superligasi. Sentyabr oyining eng yaxshilari "Paxtakor" va "Nasaf"dan tanlandi (foto)

  • 5 oktabr, 2022, 18:10
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 20 tur ortda qoldi. Ayni paytda chempionlik uchun qizg‘in raqobat kechmoqda. 

Tecno

Shuningdek, O‘zPFL matbuot xizmati sentyabr oyining eng yaxshilarini aniqladi. Unga ko‘ra, oy murabbiyi "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiev bo‘ldi. U o‘tgan oyda 2 o‘yinda jamoasini maydonga boshlab chiqqan va ikkalasida ham zafar quchgan. To‘plar nisbati - 4:1.

Eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov g‘olib bo‘ldi. U sentyabr oyida 2 o‘yinda ishtirok etdi va bitta gol hamda ikkita assist muallifiga aylandi.

berdiev

alijonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/10/2022 18:21
manimcha Sugdiyona qolgan uyinlarini netral poliyaga utkazsa kerak chunki poliya charchap qolibti. PFL UFA. agar poliya talapka javob bermasa netral poliyaga uyin buladi devdiki. vaqtiga Mashal poliyasi talapka javob bermaydi deb. chempionatdan tushurib yuborushuvdi. shuni hisobka olsa. Sugdiyona ham. netral poliyaga uynasa kerak. har qalay keyin. Diyor. qanday odam buladi. hammaga bir hil reklamid amal qilmay quyadi.