
O‘zbekiston Superligasi. Lima penaltidan gol ura olmagan o‘yinda "Nasaf" "Dinamo"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Ajdarlar" safida yagona golni Ivan Solovev kiritdi. Bu gollar Ro‘ziqul Berdiev jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, "Nasaf" ochkolari sonini 49 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 1-pog‘onadan joy egallagan.
"Dinamo" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub 14-pog‘onani band etgan.
Fikrlar